AsosiyJamiyat

Koronavirusni engishga yordam beradigan 2ta samarali mahsulot ma`lum qilindi

'Koronavirusni engishga yordam beradigan 2ta samarali mahsulot ma`lum qilindi'ning rasmi

Xalqaro ekspertlar COVID-19 bilan o`rtacha va og`ir darajada kasallangan bemorlar ishtirokida tadqiqot o`tkazdi. 

Asal va qora sedana iste`mol qilish bemorga koronavirus infeksiyasini engishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari medRxiv portalida e`lon qilindi, deya yozmoqda effect.uz.

Xalqaro mutaxassislar guruhi COVID-19 bilan o`rtacha va og`ir darajada kasallangan bemorlar ishtirokida tadqiqot o`tkazdi. Ishtirokchilarning bir qismi har kuni tana vazniga bir gramm asal va 80 milligramm qora sedanani, qolgan qismi esa – plasebo ichishdi.

Tadqiqot shuni ko`rsatdiki, ushbu ikki mahsulotni qabul qilish bilan o`rtacha va og`ir darajadagi simptomlarni 3 va 7 kun ichida engillashishiga olib keldi va organizmdan virusni 4 kun oldin chiqarib tashlashga yordam berdi.

Olimlarning ta`kidlashicha, asal va qora sedana kombinasiyasini iste`mol qilish hech qanday salbiy ta`sir ko`rsatmadi, uni yakka o`zini yoki boshqa COVID-19 muolajalari bilan birgalikda ishlatish mumkin.

 
  

Boshqa yangiliklar