Sambo bo`yicha jahon chempionatida Farg`ona viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimi ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Farg`ona viloyati IIB xodimi kichik serjant Saydamatov Lutfilla Xayrulla o`g`li joriy yilning 3-9 noyabr kunlari Serbiya Respublikasi Novi-sad shahrida sportning Jangovar sambo turi bo`yicha o`tkazilgan jahon chempionatida qatnashgan. U murosasiz bahslarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan.



