1

"O`zbekkino" qish mavsumida 50 dan ortiq ajoyib kinofilmlarni bizga taqdim etmoqda

Madaniyat 11.11.2020, 11:59
"O`zbekkino" qish mavsumida 50 dan ortiq ajoyib kinofilmlarni bizga taqdim etmoqda

"O`zbekkino" Milliy agentligi dekabr oyidan boshlab, 50dan ortiq filmlarning qishgi premeralar mavsumini e`lon qilmoqda.

Mavsum davomida 18ta to`liq metrajli va 21ta qisqa metrajli badiiy filmlar, 15ta hujjatli, 3ta animasion va “Zumrasha” kinojurnalining yangi 4ta soni televidenie va kinoteatrlar orqali namoyish etiladi. Shuningdek ilk bora, 11ta televizion milliy seriallar taqdim etiladi.  

Taqdimoti kutilayotgan filmlar ro`yxatida jumladan, o`zbek kinematografiyasining ustasi Baqo Sodiqovning “Behbudiy” tarixiy dramasi filmi, iste`dodli rejissyorlar Yolqin To`ychievning “Faridaning ikki ming qo`shig`i” tarixiy-mualliflik filmi, Ayub Shaxobidinovning “Rangsiz tushlar” psixologik dramasi, Zulfiqor Musoqovning “Alvido, ssenarist” filmi,  Hilol Nasimovning “Meros” tarixiy dramasi, Ergash Mo`minovning “Orzular qanotida” musiqiy komediyasi, Nozim To`laxo`jaevning  “Tanho Qayiq” dramasi, Ibrohim Rasulovning “Muhabbat bahori” melodrammasi tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi.

Yosh rejissyorlar Muhammadali Iskandarovning “Men terrorchi emasman”, Akrom Shoxnazarovning “101 reys”, Shoxrux Rasulovning “Bir kunlik to`y”, Murod Inog`omovning “Iztirob”, Azamat Ahrorovning “Lola gulim” kabi  filmlari ham namoyish etiladi. Shuningdek, hamkorlikdagi ko-prodakshn mahsulotlari - mohir rejissyorlar Rustam Sagdievning “Baron 2”, taniqli yaponiyalik rejissyor Kiyosi Kurasavining “Dunyoning bir chekkasi”, Rashid Malikov va Ramil Fazlievning “Sumbul” kabi filmlari taqdim etiladi.  

“Debyut” studiyasida yangi ish boshlagan yosh va iste`dodli rejissyorlarimiz tomonidan suratga olingan 20 dan ortiq to`liq va qisqa metrajli filmlar ham mavsum premeralaridan o`rin olgan. Bundan tashqari, “Avloniy”, “Ibrat”, “Behbudiy”, “Muhabbat bahori”, “Mahalladoshlar” kabi milliy kinoseriallar premeralari ham televidenie orqali namoyish etilishi rejalashtirilgan. Yana “O`zbekkino” tarixida ilk bor telekanallar bilan hamkorlikda suratga olinayotgan “Qodirxon” (MU5), “Najotkorlar” (Zo'r TV), “Ona zamin” (Sevimli TV), “Orzular palatasi” (MU5), “Dard” (Sevimli TV) kabi milliy seriallar televidenie orqali tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi.  

Yana Doniyor Shokirovning “COVID-19:Sinovli kunlar”, Bobur Yo`ldoshevning “Zahiriddin Muhammad Bobur. Yo`lbars izidan”, Shuhrat Mahmudovning “101” kabi ko`plab hujjatli filmlar ham premeraga tayyorlanmoqda. “Sehrli qalamdon”, “Jasur Qutqarboev”, “Avtosarguzashtlar 6” multiplikasion filmlari ham televilenie orqali efirga uzatiladi.

Mavsum premeralari ro`yxati bilan mana bu erda tanishishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1