AsosiySiyosat

O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

'O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Suhbat chog`ida davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi o`zaro manfaatli amaliy hamkorlik “yo`l xaritasi”ga kiritilgan ustuvor tarmoqlardagi iqtisodiy kooperasiya loyihalarini yanada ilgari surish muhim ekani ta`kidlandi.

Hududlar va biznes darajasida faol muloqotlarni davom ettirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e`tibor qaratildi.

Prezidentlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan MDH va ShHT doirasidagi muloqotni kengaytirish bo`yicha fikr almashdilar.

Bo`lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham ko`rib chiqildi.

 
  

Boshqa yangiliklar