AsosiySUG'DIYONA

Selin Dionning turmush o`rtog`i hayotdan ko`z yumdi

AQShda kanadalik qo`shiqchi Selin Dionning 73 yoshli turmush o`rtog`i va uning menedjeri Rene Anjelil vafot etdi. Bu haqda xonandaning Facebook`dagi sahifasiga asoslanib,“Lenta.ru” xabar bermoqda.

Qo`shiqchining turmush o`rtog`i 14 yanvar, payshanba kuni “saraton kasalligi bilan uzoq vaqt kurashuvlardan so`ng” o`z uyida vafot etdi.

“Turmush o`rtog`imning o`limi haqidagi batafsil ma`lumotlar tez orada taqdim etiladi”, — deyiladi 47 yoshli xonandaning rasmiy saytida.

Selin Dion Anjelil bilan 1980 yilda tanishgan. O`shanda Selin 12, Anjelil 38 yoshda edi. Ular 1987 yilda uchrasha boshlagan. To`rt yil o`tgach, esa ikki yosh unashtirilgani haqida ma`lum qildi. Ular 1994 yilda turmush qurgan. O`sha yildayoq Anjelilning onkologik kasallikka chalingani ma`lum bo`ldi. o`shanda Selin qo`shiqchilik kar`erasiga yakun yasab, oilasiga ko`proq vaqt ajratishga qaror qiladi. Oradan bir necha yil o`tgach, kasallik biroz chekingandek bo`ldi va Selin yana sahnaga qaytdi. 

2013 yilda turmush o`rtog`ining ahvoli yomonlashgani uchun Selin yana ijodni to`xtatadi. 2015 yilning mart oyidan boshlab, u yana kuylay boshlagandi.

Anjelil va Selinning uch nafar farzandlari bor: Rene Charlz va    Nelson va Eddi ismli egizaklar.

    Boshqa yangiliklar