Yangi koronavirusning grippdan asosiy farqlari bu ta`m va hid sezish qobiliyatining yo`qolishi hamda nafas qisishi hisoblanadi. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti xabar bergan.
JSST gripp va yangi koronavirus infeksiyasida o`xshash belgilar mavjudligini ham aytgan.
"Masalan, yo`tal, tumov, tomoq og`rig`i, isitma, charchoq kabilar grippda ham, koronavirusda ham kuzatiladi. Biroq, SOVID-19da ta`m va hid sezish qobiliyati yo`qolishi, nafas qisishi kabi qo`shimcha alomatlar bo`lishi mumkin", deyilgan JSST ma`lumotida.
Shuningdek, tashkilot nafas qisishi, ishtaha yo`qolishi, ko`krak qafasidagi doimiy og`riq, isitmaning 38 darajadan yuqori bo`lishi kabi belgilar koronavirusning og`ir turidan dalolat ekanligini ta`kidlagan.
Ma`lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 52 milliondan oshgan. 36 milliondan ko`p bemor sog`ayib ketgan. 1,2 million odam virus qurboni bo`lgan.