1

Shavkat Mirziyoev Shahrisabzda zamonaviy ip-yigiruv korxonasi bilan tanishdi

Siyosat 12.11.2020, 14:18
Teglar: Shavkat Mirziyoev Shahrisabzda
Shavkat Mirziyoev Shahrisabzda zamonaviy ip-yigiruv korxonasi bilan tanishdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 12 noyabr kuni Qashqadaryoga keldi, deya xabar berdi.

Davlat rahbari viloyatga safarini Shahrisabz shahridagi Oqsaroy Vortex mas`uliyati cheklangan jamiyatda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdan boshladi.

Bu erda Oqsaroy Group kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Shahrisabz Textile va Oqsaroy Textile korxonalari tashkil etilgan bo`lib, ularda umumiy qiymati 54 million dollar bo`lgan 3 ta loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish, 1 ming 610 ta ish o`rni yaratish, yiliga 22 million dollarlik mahsulot eksport qilish belgilangan edi. 

Birinchi bosqichda 2016 yili Oqsaroy Textile korxonasida qiymati 21 million dollar bo`lgan loyiha ishga tushirilgandi. Uning doirasida yiliga 9 ming tonna kalava ip, 4 ming tonna trikotaj mato ishlab chiqarilmoqda.

Korxona 2019 yilda 6 million dollarlik mahsulot eksport qilgan bo`lsa, joriy yilda bu ko`rsatkich 8 million dollarni tashkil etdi.

Ikkinchi bosqichda Shahrisabz Textile korxonasida kalava ip, sun`iy toladan kalava ip va trikotaj mato ishlab chiqarish loyihasi joriy yilning oktyabr oyida ishga tushirildi. Loyiha qiymati – 15 million dollar, yiliga 3 ming tonna kalava ip, 5,5 ming tonna sun`iy tolali ip, 3,5 ming tonna trikotaj mato ishlab chiqarish quvvatiga ega. Eksport hajmi yiliga 7 million dollarni tashkil etadi. 

 Uchinchi bosqichda Shahrisabz Textile korxonasida kalava ip va trikotaj mato ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilgan. Qiymati 18 million dollar bo`lgan ushbu loyiha natijasida yiliga 7 ming tonna kalava ip, 2,1 ming tonna trikotaj mato ishlab chiqariladi.  

Kelasi yil ishga tushadigan loyiha natijasida 700 ta yangi ish o`rni yaratiladi. 

Prezident korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlarini ko`zdan kechirdi.

Uning an`anaviy ip-yigiruv korxonalaridan asosiy farqi – bu erda Yaponiyaning Murata kompaniyasida ishlab chiqarilgan Vortex texnologiyasi o`rnatilgan. Ushbu texnologiyaning afzalligi kalava ip to`qilayotganda tola markazlashgan havo bosimi orqali o`tkaziladi. Natijada ipning tukdorligi kamayadi, sifati ortadi. 

Davlatimiz rahbari kalava ip va tayyor mato namunalarini ko`zdan kechirdi. 

Shu erning o`zida paxta tolasini qayta ishlash darajasini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha loyihalar taqdimoti o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1