1

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to`qqizinchi yalpi majlisini 20 noyabr kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi

Siyosat 12.11.2020, 16:11
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to`qqizinchi yalpi majlisini 20 noyabr kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to`qqizinchi yalpi majlisini 2020 yil 20 noyabr kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi. Bu haqda  O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

Videokonferensaloqa tarzida o`tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko`rib chiqilishi rejalashtirilgan.  

“Genom bo`yicha davlat ro`yxatiga olish to`g`risida”gi, “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi, “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan geolog” faxriy unvonini ta`sis etish to`g`risida”gi, “O`zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to`g`risida” gi  O`zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning to`qqiz oyi davomida Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi bajarilishining borishi to`g`risidagi hisoboti, qolaversa, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining vazirlik, idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlari  tomonidan ijro etilishi haqidagi masalalar ko`rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, mamlakatimiz maxsus iqtisodiy zonalarining raqobatbardoshligini oshirish bo`yicha qabul qilinayotgan choralar, nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish samaradorligini oshirish, mamlakatimizda toshqinlar, sel oqimlari, ko`chki xavfi mavjud tog` va tog`oldi hududlarida joylashgan aholi punktlari va iqtisodiy ob`ektlar xavfsizligini ta`minlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so`rovlari yuborish to`g`risidagi masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Rossiya Federasiyasida mehnat faoliyatini vaqtincha amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlari himoyasini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida, bog`dorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatining amaldagi  holati va ularning  tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari yuzasidan, mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishga keng jalb etishda yuzaga kelayotgan muammolar to`g`risida, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan, chiqindilar bilan bog`liq masalalarda vujudga kelgan muammolar va ularning aholi salomatligiga ta`siri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so`rovlari natijalari ham muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1