AsosiyJamiyat

O`zbekiston delegasiyasi AQShga tashrif buyuradi

'O`zbekiston delegasiyasi AQShga tashrif buyuradi'ning rasmi

Joriy yilning 15-22 noyabr kunlari O`zbekiston hukumati delegasiyasining Amerika Qo`shma Shtatlariga tashrifi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi.

 AQSh bilan ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvda ishtirok etish maqsadida ushbu davlatga yo`l oladigan mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiyamiz tarkibidan, shuningdek, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va boshqa davlat idoralari mas`ul vakillari ham o`rin olgan.

O`zbekiston delegasiyasi a`zolari xizmat safari davomida Vashington va Nyu-York shaharlarida bo`lib o`tadigan qator muzokaralarda ishtirok etadi.

Boshqa yangiliklar