Bugun tongda AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC turniri bo`lib o`tdi.
Tashkilotchilar 10 ta jang orasidan eng yaxshilarini aniqlab, bonus sohiblarini e`lon qilishdi.
Oqshomning eng yaxshi jangi sifatida ikki tajribali jangchi - braziliyalik 36 yoshli Rafael dos Anos va amerikalik 35 yashar Pol Felder jangi e`tirof etildi. Ushbu bellashuvda Anos ochkolar hisobiga ko`ra g`alaba qozongandi.
Har ikki jangchiga avvaldan kafolatlangan gonorarlardan tashqari bonus sifatida yana 50 000 AQSh dollaridan mukofot puli taqdim etildi.
Yana ikkita bonus raqibini 30-soniyadayoq nokautga uchratgan Xaos Uilyams hamda ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga g`alaba qozongan Shon Striklendga topshiriladigan bo`ldi.