Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ogohlantirishicha, Evropada ushbu preparatlardan noto`g`ri foydalanish kasallikning antibiotiklarga chidamlilik xavfini oshirishi mumkin. Bu haqda Dori-darmon AK matbuot xizmati xabar berdi.
"Antibiotiklar kasallikni davolamasligi va infeksiyaning oldini olmasligi ma`lum ekaniga qaramay, tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, to`qqizta mamlakatda va Evropaning boshqa hududlarida odamlarning antibiotiklardan foydalanishi pandemiya davrida ko`paygan", — deyiladi JSSTning Evropa byurosi saytida e`lon qilingan xabarda.
Tadqiqot natijalariga ko`ra, antibiotik qabul qilgan odamlarning 79-96 foizi COVID-19 bilan kasallanmagan, biroq koronavirusga chalinmaslik uchun dori ichishgan. Kasalxonaga yotqizilgan bemorlarning 15 foizi antibiotiklarga ehtiyoj sezishgan, chunki ularda shunga o`xshash bakterial infeksiya bo`lgan, biroq bemorlarning 75 foiziga antibiotiklar buyurilgan.
JSSTning ta`kidlashicha, sefalosporinlar turkumidagi antibiotiklarning to`rttala avlodi ham o`z samaradorligini to`xtatishi mumkin, chunki Evropadagi qator tibbiy muassasalar pandemiya boshlanganda virusni shunga o`xshash preparatlar bilan davolashga uringan, deyiladi xabarda.