1

Rulda blutuz va xend-fridan foydalanib,telefonda suhbatlashish mumkinmi?

Savol-javob 19.01.2016, 11:48
Rulda blutuz va xend-fridan foydalanib,telefonda suhbatlashish mumkinmi?

"Ma`lumki, transport vositasini boshqarishda mobil aloqa vositalaridan foydalanish taqiqlangan. Ammo aksariyat haydovchilar mobil telefondagi blutuz yoki transport vositasida o`rnatilgan xend-fri qurilmalaridan foydalangan holda transport vositasini boshqarishadi. Bu yo`l harakati qoidalariga zid emasmi?"

Sh.Parpiev, Samarqand viloyati

Samarqandlik mushtariyni qiziqtirgan savol bugun ko`pchilik haydovchilarni ham qiziqtirishi tabiiy. Shuni inobatga olgan holda, “Darakchi” gazetasi xodimlari Ichki ishlar vazirli yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga murojaat qildi. Javoblar esa quyidagicha.

X.SAYDALIEV, IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig`i:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 noyabrdagi 241-sonli qaroriga asosan respublikamiz hududida transport vositalarini boshqarish chog`ida haydovchilarning mobil aloqa vositalaridan foydalanishi oqibatida yuz berishi mumkin bo`lgan yo`l transport hodisasini kamaytirish hamda fuqarolarning hayoti, sog`lig`ini hamda mol-mulkini himoya qilish maqsadida 2007 yil 1 yanvardan boshlab haydovchilarning transport vositasini boshqarish chog`ida nafaqat telefondan foydalanishi, balki mobil aloqa vositasidan har qanday usulda foydalanishi taqiqlangan. Bunday qoidabuzarlik uchun O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 1281-1 moddasiga asosan eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solinadi. Agar ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida yana xuddi shunday qoidabuzarlik sodir etilsa, eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solinadi yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1