AsosiyBu qiziq

Toshkent to‘y palovi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Toshkent shahri va viloyatiga xos bo‘lgan mashhur to‘y palovi rasman geografik ko‘rsatkich maqomini oldi.

'Toshkent to‘y palovi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tdi'ning rasmi

Intellektual mulk agentligi ma'lumotiga ko'ra, "Toshkent to'y palovi" geografik ko'rsatkich sifatida maxsus reyestrga kiritildi. Mazkur maqom taom nomi hamda uni tayyorlashning o'ziga xos an'anaviy texnologiyasini huquqiy himoya qilishni ta'minlaydi.

Ta'kidlanishicha, ushbu palov turi yarim doira shaklidagi qalin devorli cho'yon qozonlarda tayyorlanishi, o'ziga xos ta'mi va pishirish usuli bilan ajralib turadi.

Tarixiy manbalarga ko'ra, Toshkent vohasida palov tayyorlash madaniyati asrlar davomida shakllangan bo'lib, to'y oshi nafaqat milliy taom, balki murakkab va noyob pazandachilik jarayoni sifatida qadrlanadi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur maqom milliy gastronomik merosni asrash, shuningdek, O'zbekistonning gastroturizm salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Boshqa yangiliklar