1

Toshkent texnika do`konlarida sotilayotgan smartfonlar narxi bilan tanishing

Hi-tech 19.01.2016, 12:00
Toshkent texnika do`konlarida sotilayotgan smartfonlar narxi bilan tanishing

Bugungi kunda uyali telefon har bir insonning kundalik dastyoriga, yordamichsiga aylanib qoldi. Shu bois bunday moslamalarning bozori har doimgidan chaqqon. Bugun poytaxtimiz bozorlarida qanday yangiliklarni kuzatish mumkin. "Darakchi" muxbiri texnika do`konlarini aylanib, bu haqda ma`lumot to`pladi.

Sir emas, gadjet qanchalik qimmat bo`lsa, shunchalik sifatli va ko`p narsalarga qodir bo`ladi. Biroq, qimmat devayslarni sotib olishga hammaninsh ham imkoniyati etavermaydi. Xo`sh, arzon, sifatli, va foydali qurilmalarni qanday aniqlash mumkin?

APPLE IPHONE 6S

Yangi pushtirang  ayfon  64 Gb xotira hajmiga ega bo`lib, o`ziga xos dizayn va uslubga ega. Boshqa xususiyati shundaki, uning korpusida katta miqdordagi metall va oyna ishlatilgan, shuningdek ishonchli tezkor operasion tizimga, o`rtacha qiymatdashgi raqamli fotoapparatlardag qolishmaydishgan sifatil kameraga ega. Unda barmoq izlarini suratga oladigan skaner ham bor, barmoq bilan bosish kuchini aniqlaydigan va qo`shimcha menyuga ega ekranda esa, yangi 3DTouch texnologiyasidan foydalaniladi..

Texnik tavsifi:

ekran - 4,7 dyuym (1334 x 750 nuqtali);

prosessor - A9;

kamera - 12 Mp.

Taxminiy bahosi : 4,5 mln sumov.

Ayfonni sotib olayotganingizda, uning aksessuarlaridan biri shikastlanganda (quloqchinlar, kompyuterga ulanish kabellari va hk) uni almashtirish qimmatga tushishini unutmaslik kerak.

SAMSUNG GALAXY S6 EDGE+

“Epl” kompaniyasi mahsulolarining  asosiy raqobatchilaridan biri bo`lgan bu  devays yirik va aniq  displey hamda  32 Gb xotiraga ega.  Telefonning o`ziga xosligi uning cheti  qayrilauvchi ekrani bo`lib, u ko`p hollarda mini-displeyy vazifasini bajaradi. Ular masalan, aniq vaqtni, batareya quvvatini, javob berilmagan qo`ng`iroqlarini  ko`rsatishi mumkin. Assoyi ekranning doimi yoqib ko`rishga hojat qolmagani uchun bu  akkumulyator quvvatini tejash imkonini beradi. Unng ustki qatlami zanglamaydigan metall va qattiq oynadan ishlangan. Barmoq izlarini oladigan skaneri ham bor.

Texnik tavsifi:

ekran - 5,7 dyuym (2560 x 1440 nuqta);

prosessor – sakkiz yadroli  Samsung Exynos 7420;

kamera - 16 Mp.

Taxminiy bahosi: 4 mln so`m.

Qurilma  OS Android tizimida ishlaydi. Qayd etish kerakki, bu tizim vaqt o`tgani sayin sekin ishlay boshlaydi.

LG G4

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi taqdim etayotgan gadjetlar ham raqobatbardoshlikda boshqalardan qolishmaydi. Telefonning asosiy yutug`i uning   16-megapikselli, lazer fokuslash va optik stabilizasiya tizimiga ega  kamerasi sanaladi. Bu kamerada juda tiniq va sifatli tasvirlarni olish mumkin. Qayd etish kerakki, LG G4 da ekranni bloklash va ovoz tugmalari boshqa qurilmalardagi singari yon tarafda emas, orqada joylashgan. Qurilma  dizayn nuqtai nazaridan e`tibornitortmasa ham, boshqa xususiyatlariga ko`ra maqtovga loyiq.

Texnik tavsifi:

ekran - 5,5 dyuym (2560 x 1440 nuqta);

prosessor – olti yadroli  Qualcomm Snapdragon 808;

kamera - 16 Mp.

Taxminiy bahosi: 3 mln so`m.

Yuqorida aytganimizdek, hamma hg`am telefonning tashqi ko`shrinishi uchun unga kattagina mablag` to`lamasligi mumkin. Narxi va sifatiga alohida e`tibor beruvchi xaridorlar imkon darajasida barcha zamonaviy imkoniyatlarni o`zida jamlagan hamyonbop moslamalarni olishga harakat qilishadi.

HUAWEI P8

Xitoy kompaniyalari allaqachon unchalik qimmat bo`lmagan ilg`or texnologiyalar bilan bozorga yaqqol kirib kelishdi. Bu mobil qurilmalar segmentiga ham tegishli. Xitoyning Huawei korporasiyasi o`zining P8 nomli gadjetini savdoga chiqardi. U boshqa zamonaviy devayslardan aslo farq qilmaydi. Moslama oliy sifatli metalldan ishlangan, zamnonaviy quvvatga ega prosessor va sifatli tasvirga oluvchi kamera bilan ta`minlangan. Devays jiddiy, klassik, bejirim dizaynga ega.  8-megapikselli frontal kamera selfi ishqibozdlariga manzur bo`ladi. Huawei P8 bir paytning o`zida ikkita sim-kartani qabul qiladi.  iFaqat xotiraning atigi 16 Gbga egali uning asosiy kamchiligi bo`lishi mumkin. Biroq, flesh-karta o`rnatish orqali bu muammoni bartara etsa bo`ladi.

Texnik tavsifi:

ekran - 5,2 dyuyma (1920 x 1080 nuqta);

prosessor – sakkiz yadroli  Hisilicon Kirin 930;

kamera - 13 Mp.

Ta`miniy narxi: 2 mln 300 ming so`m.

LENOVO VIBE SHOT

Alyuminievy smartfon Vibe Shot ot eshe odnogo izvestnogo kitayskogo proizvoditelya  Lenovo takje otlichaetsya flagmanskimi vozmojnostyami. Zdes ustanovlen vosmiyaderny prosessor, 16 Gb vstroennoy pamyati s vozmojnostyu rasshireniya kartami pamyati. Kompaniya aksentiruet vnimanie na tom, chto ustroystvo sproektirovano spesialno dlya kachestvennoy, yarkoy i sochnoy foto- i videos`emki. Takje zdes imeetsya otdelnaya knopka dlya s`emki foto, kak na sifrovx fotokamerax, chto sozdaet dlya polzovatelya dopolnitelne udobstva.

Texnik tavsifi:

ekran - 5 dyuym (1920 x 1080 tochek);

prosessor – sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 615;

kamera - 13 Mp (uch rangli fotochiroq).

Taxminiy narxi: 2 mln 100 ming so`m.

ANDROID ONE va ARTEL SENTINEL X

Texnika bozorida o`zimizning milliy mahsulotlarimiz, Android One va  Artel Sentinel X smartfonlari ko`payib borayotganini ham alohida ta`kidllash kerak.  Android One  juda kuchli  prosessor va  kameraga ega, qolgan xususiyatlari ham tahsinga loyiq. Quvonarlisi, har ikki qurilmaning asosiy menyusi o`zbek tilida.

Texnik tavsifi:

ekran - 5 dyuym (1280 x 720 nuqtali);

prosessor – to`rt yadroli  Qualcomm Snapdragon 410 (Android One), Mediatek MT6582 (Artel Sentinel X)

kamera - 13 megapikselli (Android One), 8 Megapikselli  (Artel SentinelX)

Taxminiy narxi: Android One - 820 ming so`m, Artel Sentinel X - 750 ming so`m.

Eslatma: Devayslar narxi savdo shaxobchalariga qarab farqlanishi mumkin. Mazkur qurilmalarning servis xizmati ko`rsatish kafolati 1 oydan 12 oygacha.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1