1

“Chana” nomli qisqa metrajli film suratga olinmoqda

Madaniyat 24.11.2020, 14:00
“Chana” nomli qisqa metrajli film suratga olinmoqda

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi" DUK tomonidan "Chana" qisqa metrajli filmining suratga olish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati.

Mazkur kartinada ssenariy muallifi va rejissyor Suxrob Qodirov, postanovkachi operator Norqul Yo`ldoshev, rassom  Alisher To`laboev, kartina direktori Nodir Yulchiev, assistent Dilshodbek Usmonov.

Filmda aka-ukaning tog`li hududlarda chana uchishga bo`lgan qiziqishlari yoritilgan. S`emka jarayonlari Toshkent viloyatining Chimyon tog` tizmalari bag`rida bo`lib o`tmoqda.  

“Chana” qisqa metrajli filmida aktyorlar Behruz Qobilov, Muxammadaziz Mirzaev, Abdurahmon Yusufaliev, Islomjon Rajabov, Muxammadali Sahobov, Saydamat Abdulxamitov, Doston Nabiev, Ziyovuddin Sirojiddinovlar rol ijro etishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1