AsosiyJAMIYAT

Namanganda maktab o`quvchisi Buyuk Britaniya qirolichasidan maktub oldi

Azizbek Mirzaxolov Namangan shahridagi 33-sonli umumta`lim maktabining 11-sinfida tahsil o...

Azizbek Mirzaxolov Namangan shahridagi 33-sonli umumta`lim maktabining 11-sinfida tahsil oladi. Yosh, izlanuvchan o`quvchi maktabdagi barcha fanlarni a`lo baholarga o`qishi bilan birga ingliz tilini ham mukammal o`zlashtirishga astoydil kirishgan. U o`zining istiqboldagi rejalarini Angliyadagi oliy ta`lim muassasalari bilan bog`lagan, deya yozmoqda O`zA.

Qolaversa, uning mazkur mamlakat tarixi, madaniyati, Qirollikning o`ziga xos jihatlari qiziqtiradi. Azizbek hozirga qadar juda ko`p mashhur insonlarning dastxatlarini ham to`plashga muvaffaq bo`lgan. Azizbek yuborgan maktubida ham Britaniya tarixiga qiziqishi hamda Qirolichaning dastxatini olishi sharaf ekanini yozgan. Yosh, navqiron shu bilan birga o`zi yashayotgan mamalakat tarixiga qiziqishi bor o`zbekistonlik o`quvchining maktubi Qirolichaning javob maktubi yuborishiga sabab bo`lgan. 

 Maktubda Qirolicha Elizaveta II maktub olganidan minnatdorligi, yana shunday xatlarni kutib qolishini aytib, alohida minnatdorlik bildirgan. Dastxat o`rnida esa Qirolichaning shaxsiy surati sovg`a sifatida yuborilgan.

Bu maktub nafaqat Azizbekni balki uning tengdoshlarini, ustozlari va yaqinlarini ham ruhlantirgan.

Boshqa yangiliklar