1

Direktor o`rinbosarlariga ustama to`lanadimi?

Savol-javob 19.01.2016, 14:54
Direktor o`rinbosarlariga ustama to`lanadimi?

Ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalarining ma`naviy-ma`rifiy ishlar direktor o`rinbosarlarining ish haqlariga ustamalar to`lanardi. So`nggi paytlarda esa mazkur ustamalar shu lavozimda faoliyat yuritayotgan ayrim xodimlarga to`lanmayati. Bu boradagi hududiy mas`ullarning izohlashlaricha, Moliya vazirligi tomonidan ma`naviy-ma`rifiy ishlar direktor o`rinbosari faoliyati o`quv-tarbiya jarayoniga daxldor emas, degan sabab bilan bekor qilingan ekan. Shu to`g`rimi?

A.Madaliev, Toshkent sh.

"Darakchi" gazetasi tahririyati tomonidan mazkur murojaat tegishliligi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi va moliya vazirligiga jo`natildi. Taqdim etilgan javoblar esa quyidagicha.

J.QO`ChQOROV, O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o`rinbosari:

—Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi 173-sonli "Ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to`g`risida"gi qarorning 8-bandiga asosan ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to`lashda bazaviy tarif stavkalariga ustamalar ma`lum miqdorlarda belgilangan.

20 foiz — ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda o`quv jarayoni bilan bevosita bog`liq bo`lgan direktorlar, ularning o`rinbosarlari va psixologlarga;

40 foiz — ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o`quv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog`liq bo`lgan direktorlar, ularning o`rinbosarlariga berilishi belgilangan.

TAHRIRIYaT: Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan ushbu ma`lumotlarda amaldagi me`yoriy hujjatlarga ko`ra bazaviy tarif stavkalariga ustamalar to`lamaslikni tasdiqlovchi  hech qanday asos yo`q. Faqatgina taqdim etilgan ma`lumotlarda ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlarining faoliyati ixtisoslashtirilgan maktablarda o`quv jarayoni bilan bevosita bog`liq yoki bog`liq emasligi to`g`risida Xalq ta`limi vazirligi xulosa berishi lozimligini qayd etilgan. Biz bu masalaga aniqlik kiritish uchun Xalq ta`limi vazirligiga murojaat qildik.

U.ABRUEV, Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari:

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 iyundagi 164-sonli qaroriga binoan Xalq ta`limi vazirligi tomonidan "Xalq ta`limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tasniflari" to`g`risidagi 191-son buyrug`i qabul qilingan.

Mazkur buyruqning 29-bandi "v" kichik bandida ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari "Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari" majmuasiga kiruvchi fanlar bo`yicha ta`lim standartlari talablarining bajarilishini nazorat qilish, shu fanlar bo`yicha o`zlashtirish, o`quvchilarning davomati va xulqi, tarbiyaviy tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirishi belgilangan.

Shuningdek, u sinf rahbarlari tomonidan "tarbiyaviy soat”larning o`tilishini, to`garak mashg`ulotlarining tashkil etilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlarining ish faoliyati o`quv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog`liq.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1