Argentinalik futbol afsonasi, 1986 yilgi jahon chempioni Diego Maradona vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Argentinaning TN telekanaliga asoslanib xabar berdi.
U 30 oktyabr kuni tibbiy ko`rikdan o`tish uchun kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi. Ammo keyinchalik miyasida jarrohlik amaliyoti o`tkazilgani ma`lum bo`ldi.
Maradonaga 12 noyabrda kasalxonadan javob berilgan edi.