AsosiyJamiyat
1635

Namanganda 35 nafar iqtidorli talabalarning to`lov-shartnoma pullari to`lab berildi

'Namanganda 35 nafar iqtidorli talabalarning to`lov-shartnoma pullari to`lab berildi'ning rasmi

Namanganda mahalliy va xorij oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan 35 nafar talabaning bir yillik to`lov-shartnoma pullari to`lab berildi. Buning uchun maxsus tashkil etilgan komissiya tomonidan tibbiyot yo`nalishida o`qiyotgan talabalar saralab olindi, deya xabar beradi Viloyat hokimligi axborot xizmati.

Ular orasida Rossiyaning Sankt-Peterburg, Uzoq Sharq, Volgograd, Voronej, Smolensk, Irkutsk tibbiyot universitetlari, shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Andijon va Samarqand tibbiyot institutlarida tahsil olayotgan yigit-qizlar bor.

Oldinlari tumanda rahbar bo`lib ishlaganimda bitta binoni ta`mirlashga 50 million so`m ajratilishi uchun yil davomida sarson bo`lganimni eslayman. Hozir xorijda o`qiyotgan bir talabamizning yillik to`lov-shartnoma puli uchun deyarli shunga yaqin mablag` to`lab beryapmiz. Davlat rahbari yoshlar bilan uchrashuvda iqtidorli yigit-qizlarni rag`batlantirish bo`yicha bergan ko`rsatmalari  bunga asos bo`lib xizmat qildi, — dedi viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov.

Viloyat byudjetining qo`shimcha daromadlari hisobidan bu maqsadlar uchun jami 470 million so`m ajratildi. Hozirda tanlov komissiyasi yana 35 nafar namanganlik talabaning hujjatlarini o`rganmoqda. Ular orasida nafaqat tibbiyot, balki viloyatda ehtiyoj yuqori bo`lgan boshqa yo`nalishlar ham bor.

Talabalarga to`lov-shartnoma pullari ajratilganini tasdiqlovchi sertifikatlarni topshirish marosimida Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar