AsosiyJamiyat
2176

Namanganda 50 gektar maydonda "Organik hudud" tashkil etiladi

'Namanganda 50 gektar maydonda "Organik hudud" tashkil etiladi'ning rasmi

Namanganda 50 gektar maydonga “Organik hudud” tashkil qilish va mahsulotlarini qayta ishlash loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Yangiqo`rg`on tumani Iskovot agrofirmasi hududida joylashgan “Valley Fruits” MChJga qarashli mevani qayta ishlab chiqarish loyihasi kooperasiya usulida tashkil etilgan bo`lib, bu erda yiliga 2,5 ming tonna meva mahsulotlari quritilib, ichki va tashqi bozorga eksport qilinmoqda. Bu haqda qishloq xo`jaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Hozirgi kunda 10 nafar tadbirkor birlashib, kooperasiya usulida faoliyat olib bormoqda. Mavsumiy 50-60 nafar xotin-qizlar ish bilan ta`minlangan. Kooperasiya rahbari Zuhriddin Hoshimovning aytishicha, meva-sabzavotni qayta ishlash, quritish, qadoqlash, eksport qilish va ko`chatchilik yo`nalishlari faoliyat ko`rsatmoqda. Ayni paytda 2500 tonna tayyor mahsulotni saqlash uchun muzlatkich qurilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonida, asosan, olma va xurmoni qayta ishlash va saralash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda viloyatda 807 ta oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo`lib, jumladan, 188 ming tonna meva-sabzavotlarni qayta ishlash quvvatiga ega 64 ta korxona faoliyat olib bormoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar