O`zbekistonda joriy yilda 1 mln 34 ming gektar maydonda g`o`za parvarish qilinib, 3 mln 82 ming tonna yoki 2019 yilga nisbatan 109% paxta xomashyosi etishtirildi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra:
Farg`ona 107,7 %
Xorazmda 106,7 %
Andijonda 106,6 %
Namanganda 105,1%
Toshkentda 104,4 %
Samarqandda 103,6%
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Navoiyda 102,7 %
Jizzaxda 100,7 %
Qashqadaryoda 95,8 %
Sirdaryoda 93,5 %
Buxoroda 89,1 %
Surxondaryoda 82,3 % paxta hosili terib olindi.
Paxta etishtiruvchi 136 ta tumandan paxta yig`im-terimini tizimli tashkil etgan 104 tasi, 97 ta paxta-to`qimachilik klasteridan 78 tasi, 11 ta paxta kooperasiyasidan 8 tasi hamda 29 ming ta fermer xo`jaliklaridan 23,0 ming tasi shartnomani bajardi.
Respublikada har gektar paxta maydonida o`rtacha hosildorlik 29,8 sentnerni tashkil qildi.
Joriy yilda faoliyat yuritgan 97 ta paxta-to`qimachilik klasterlari tomonidan 927 ming gektar maydondan 2 mln 794 tonna va 11 ta kooperasiyalar tomonidan 106,6 gektar maydondan 288 ming tonna paxta xomashyosi etishtirildi, deyiladi xabarda.






