AsosiyIqtisodiyot

“Quvasoysement” va “Ohangaronsement”da sement ishlab chiqarilishi to`xtatildi. Sababi...

'“Quvasoysement”  va “Ohangaronsement”da sement ishlab chiqarilishi to`xtatildi. Sababi...'ning rasmi

So`nggi kunlarda havo haroratining keskin pasayishi, aholining gazga bo`lgan ehtiyojini oshirgan. Natijada sement ishlab chiqaruvchilarga etkazib beriladigan gaz bosimining pasayishiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. Buning oqibatida esa, “Quvasoysement” AJ va “Ohangaronsement” AJ tomonidan sement ishlab chiqarilishi to`xtatilgan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

"Shu boisdan, ikkala ishlab chiqaruvchining sement mahsuloti o`tgan haftada fond birja ro`yxatiga olinmagan.  

Mazkur vaziyatdan kelib chiqib aytish mumkinki, bo`lib o`tgan savdolarning o`rtacha kunlik hajmi 30 ming tonnani tashkil etgan bo`lsa, bu avvalgi savdolar nisbatan 46 ming tonnani belgilagan bo`lib, bu foiz ko`rsatkichida 34 % kamayganligini ko`rsatmoqda.  

Sotilgan sement hajmi 141 ming 919 tonnani tashkil etgan bo`lib, bu avvalgi kim oshdi savdosida sotilgan sement hajmidan 68 ming 456 ming tonnaga kamdir.  

Albatta, savdo hajmining ham pasayishi, uning narxining oshishiga olib kelgan. Ya`ni, aytaylik,  hafta boshida 1 kg sement 512 so`m bo`lgan bo`lsa, hafta oxirida u 539,1 so`mgacha (yoki 5% ga) ko`tarilgan.  

Mazkur holat savdo ishtirokchilarning kamayishiga ham o`z ta`sirini ayamadi: ya`ni ular 1054 dan 817 nafarga kamaygan bo`lsa, xaridorlar ham 556 nafardan 373 nafargacha kamayganini kuzatish mumkin", deyiladi holat yuzasidan izohda.

    Boshqa yangiliklar