G`uzorlik Shamsiddin Mahmudov topib olgan antiqa yarador qush "Qizil kitob"ga kiritilgan bo`lib chiqdi
G`uzorlik Shamsiddin Mahmudov uni daladan topib oladi va uyiga olib keladi. Keyinchalik an...
G`uzorlik Shamsiddin Mahmudov uni daladan topib oladi va uyiga olib keladi. Keyinchalik aniqlanishicha noodatiy qush "Qizil kitob"ga kiritilgan bo`lib chiqdi.
-Bugun tushga yaqin daladan xabar olish uchun borganimda yarador holda ucholmay turgan qush topib oldim, - deydi g`uzorlik Shamsiddin Mahmudov. -Keyin uni uyga olib keldim. Oyog`ida raqamlangan belgi va uzuksimon xalqalar borligini ko`rib uni boshqa erdan kelib qolganini tushundim. Unga nima berishni ham bilmadik, ochig`i.
Shamsiddin Mahmudov bu turdagi qushni avval ko`rmaganligi bois, Qashqadaryo viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga xabar beradi.
-Xabarga asosan xonadonga kelganimizda haqiqatdan ham yarador qush borligiga guvoh bo`ldik. -deydi Qashqadaryo viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bo`lim boshlig`i Azizbek Qurbonov. - Dastlabki o`rganishlardan so`ng qushning O`zbekiston "Qizil kitobiga" hamda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro "Qizil kitobiga kiritilgan "Yo`rg`a tuvaloq" qushi ekanligi aniqlandi. Qushning yaradorligini inobatga olib, parvarishlash va kelgusida tabiat bag`riga qo`yib yuborish maqsadida poytaxtdagi hayvonot bog`iga jo`natish choralari ko`rildi.
Qashqadaryo viloyatidan maxsus muxbirimiz Shavkat Aminov
Samarqandda Malibu 2 haydovchisi piyodalarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf ostida qoldirdi. Haydovchiga nisbatan yo‘l bezoriligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Maʼlum qilinishicha, “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali komplaens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Qoʻqon shahrida nazorat tadbiri oʻtkazgan.
Bosh konsulxona ko‘magida O. V. ga “Yekaterinburg – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta olib berilib, uning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishi ta’minlangan.