Bugun 4-dekabr – Xalqaro banklar kuni.
2019 yil 9 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq, banklarning jahon iqtisodiy barqarorligi, mamlakatlarning moliyaviy holati, insoniyat turmush tarzini yaxshilashdagi ahamiyatini hisobga olib, har yilning 4 dekabr kunini Xalqaro banklar kuni sifatida nishonlash belgilangan.
2015 yil 27 sentyabr kuni BMTning Addis-Abeba (Efiopiya)da o`tkazilgan rivojlanishni moliyalashtirish bo`yicha Uchinchi xalqaro konferensiyaning Harakatlar dasturida ham global muammolarni hal qilishda moliyaviy tashkilotlar, bank muassasalarining rolini oshirishga alohida e`tibor qaratilgan.
Xalqaro banklar kunini unga a`zo davlatlar, xalqaro, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda, milliy manfaatlardan kelib chiqib, banklarning barqaror rivojlanishni ta`minlashdagi ahamiyatini e`tiborga olgan holda munosib nishonlash tavsiya etilgan.