AsosiyJamiyat
2676

Namanganda 2021 yilda katta palov bayrami o`tkaziladi

'Namanganda 2021 yilda katta palov bayrami o`tkaziladi'ning rasmi

Chust oshi o`ziga xos mazasi bilan ko`pchilikni, ayniqsa, xorijliklarni  o`ziga jalb etib kelgan.

- Ayni paytda zamonaviy Chust osh markazini barpo etish yuzasidan amaliy ishlar boshlangan. Ushbu markaz Chust do`ppisi va Chust pichog`i xalqaro muzeylari bilan bir joyda qurilishi ko`zda tutilmoqda,- deydi Turizimni rivojlantirish davlat qo`mitasi Namangan viloyat boshqarmasi rahbari o`rinbosari Anvar Ikromov.

Namangan viloyati hokimligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan xalqaro an`anaviy “Taste of Uzbekistan” gastronomik festivalini tashkil qilish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo`lib, unga ko`ra 2021 yilda Namanganda katta palov bayrami o`tkaziladi.

Ma`lumot o`rnida, tadbirda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan 50 mingdan ortiq sayyohlar ishtirok etishi kutilmoqda.

                                                    Umida QO`ShOQOVA

                      Namangandan mahsus "Darakchi"uchun

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar