«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ ustav kapitalidagi 57,118% davlat ulushi oshkora sotuv jarayoni orqali sotilishi haqida ma`lumot e`lon qilindi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Kompaniyaning bozordagi ulushi 2019 yilda qariyb 47% tashkil etgan bo`lib (bu eng yaqin raqobatchidan taxminan 70% ko`proq), O`zbekistondagi gazlangan alkogolsiz ichimliklarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
2019 yildagi daromadi 1,455 trln so`mni tashkil etgan. Bu sotish jarayoni bo`yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining eksklyuziv moliyaviy maslahatchisi vazifasini Rothschild & Cie hisoblanadi.






