Rossiyaning Ryazan viloyatida yashovchi 32 yoshli ayol plastik jarrohlik amaliyoti o`tkazish vaqtida hayotdan ko`z yumdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, 2015 yilning 24 dekabrida Ryazan viloyatida yashovchi 32 yoshli ayol burun shaklini o`zgartirish niyatida plastik jarrohlarga murojaat qilgan. O`sha kunning o`zidayoq operasiyadan oldingi tekshiruv o`tkazilgan va umumiy narkoz ostida muolaja o`tkazilgan.
Dori vositalari yuborilgach, ayolning yuragi urishdan to`xtagan. Shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan. Anafilaktik shok oqibatida o`lim holati yuz bergan.
“Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan”, —deyiladi xabarda.





