«O`zbekneftgaz» AJ tijorat departamenti tomonidan Turkiyaning «BARI & PARTNERS International Trading Company» kompaniyasi bilan Evropa davlatlariga polimer mahsulotlarini eksport qilish bo`yicha muzokaralar o`tkazildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi ma`lum qilishicha, muloqot natijasida 2021 yil davomida «O`zbekneftgaz» AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan polietilen mahsulotini yirik hajmlarda, tizimli ravishda birja orqali sotib olinishi bo`yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, xorijiy kompaniya vakillari tomonidan yillik 20 ming tonna hajmda granulalangan oltingugurt mahsulotini xarid qilish bo`yicha qiziqish bildirilib, tegishli takliflar taqdim etildi.






