2021 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar O`zbekistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni “O`zbekiston temir yo`llari”ga tegishli refrijatorli harakatlanuvchi tarkiblarda import tashuvlariga 50 foiz chegirma amal qiladi.
“Rossiya temir yo`llari” OAJ yuk transporti tariflari darajasini pasaytirishga oid qaror qabul qildi. U, xususan, qora metallar, konteynerlar hamda meva va sabzavot mahsulotlariga taalluqli. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
2021 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar O`zbekiston hamda Tojikistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni “O`zbekiston temir yo`llari” va “Rohi ohani Tochikiston” DUKka tegishli refrijatorli harakatlanuvchi tarkiblarda import tashuvlariga 50 foiz chegirma amal qiladi.
Shuningdek, Rossiya-Ozarbayjon chegarasi orqali qora metallar va don mahsulotlarini tashishga ham 50 foizli chegirma o`rnatilgan.
Bundan tashqari, 2021 yilning 1 iyulidan 31 oktyabriga qadar Rossiya ichidagi “Privoljsk” va “Shimoliy Kavkaz” temir yo`llari stansiyasidan “Kuybishevsk”, “Moskva”, “Oktyabr”, “Gorkiy”, “Sverdlov” stansiyalariga 3 ming kilometrgacha bo`lgan temir yo`l masofalari uchun 41 foiz chegirma amal qiladi.






