2020 yil 28 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining 2021 – 2023 yillarga mo`ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori qabul qilingan edi. Unga ko`ra, 2021-2023 yillar oralig`ida O`zbekistonda qo`shimcha 7 ta avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar faoliyati yo`lga qo`yiladi.
Joriy yildan boshlab quyidagi loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda:
“Navoi-Motors” XK (pikap, kichik yuk mashinalari, miniven, yo`l tanlamas, elektromobil, traktorlar) – 2020-2021 yillarga mo`ljallangan Avstriya kompaniyasi bilan hamkorlikdagi, xorijiy investisiyaning umumiy qiymati 12 mln dollar miqdoridagi loyiha;
“Manas avto-sanoat” MChJ (yuk mashinalari) – 2021 yilda ishga tushirilishi kutilayotgan Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikdagi loyiha;
“Namangan Shangan motors” MChJ (engil avtomobillar) – 2021 yilda ishga tushirilishi kutilayotgan BAA kompaniyasi bilan hamkorlikdagi loyiha;
“ADM Jizzakh” MChJ (Lada, Kia, Renault) – 2021-2022 yillarda ishga tushirilishi kutilayotgan Koreya eksimbanki ishtirokidagi loyiha;
“Auto Motors Asia” MChJ (krossoverlar, yuk avtomashinalari, mikroavtobuslar) – 2021-2022 yillarda ishga tushirilishi kutilayotgan Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikdagi loyiha;
“Abbos-Eko Agro” MChJ (engil avtomobil, miniven, kichik yuk avtomobillari) – 2021-2023 yillarda ishga tushirilishi kutilayotgan Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikdagi loyiha;
“Hyundai Motor Uz Namangan” MChJ (tijorat yuk avtomobillari) – Koreya kompaniyalari ishtirokidagi loyiha.
Shuningdek, 2020-2022 yillarda UzAuto Motors'ning xorijiy hamkorlari bilan birgalikda xorijiy investisiyalar umumiy qiymati 177 mln dollar bo`lgan loyihalar doirasida yangi avtomobil modellari ishlab chiqariladi.
Mazkur loyihalar uchun jalb qilinayotgan xorijiy investisiyalar umumiy qiymati 462,8 mln dollar miqdorida baholanmoqda.