Jahon bankining prognozlariga ko`ra, O`zbekiston YaIM 2021 yil 4,3%ga, 2022 yilda 4,5% ga o`sishi kutilmoqda. Bu haqda Jahon bankining «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotida keltirilgan.
Hisobotda ta`kidlanishicha, 2020 yilda O`zbekiston YaIMning o`sishi 0,6%ni tashkil etgan. Oktyabr oyida Jahon Banki 2020 yilda 0,4%dan 0,8%gacha, 2021 yilda esa 4,8%dan 5%gacha bo`lishini prognoz qilgan edi .
Markaziy Osiyo mintaqasida bu yil iqtisodiy o`sish suratlari 3%gacha ko`tarilishi taxmin qilingan. Bunga xom-ashyo narxlarining va to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalar hajmining biroz oshishi sabab bo`ladi.
«Evropa va Markaziy Osiyoda SOVID-19 bilan kasallanish holatlarini ko`payishi cheklovlarni kuchayishiga va uy xo`jaliklari hamda kompaniyalar tomonidan keskin reaksiya kelib chiqishiga sababchi bo`lishi mumkin», - deyiladi hisobotda.
Eksportchilarning fikricha, pandemiyani to`xtatish va investisiyalarni ko`paytirishga yordam beradigan islohotlarni amalga oshirish uchun qat`iy choralar ko`tilishi lozim, aks holda iqtisodiy o`sish sust bo`lishi mumkin.






