1

Galaxy S7 smartfonining suratlari e`lon qilindi(Foto)

Hi-tech 01.02.2016, 16:12
Galaxy S7 smartfonining suratlari e`lon qilindi(Foto)

O`tgan haftaning eng asosiy “xaytek” yangiligi bu blogger Evan Blass tomonidan Galaxy S7 smartfonining suratlari e`lon qilinishi bo`ldi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda. 


Evan Blass hozirda Venture Beat nashri bilan hamkorlik qiladi. Aynan mazkur nashrda Samsung kompaniyasining navbatdagi ikki yangi mahsulotining suratlari e`lon qilingan. Ulardan biri an`anaviy o`lchamdagi smartfon, ikkinchisi esa ekrani cheti biroz aylanasimon ko`rinishda. 21 fevral kuni taqdim etilishi rejalashtirilayotgan smartfonlar Galaxy S7 va Galaxy S7 edge+ nomini olishi mumkin.
Asosiy yangilik: qurilmaning yangi dizaynida hech qanday o`zgarish bo`lmaydi. Displeyning pastki va tepa qismi hoshiyasi biroz kichrayadi,shakl avvalgiga qaraganda ko`proq aylanasimon.
Samsung ham o`z raqibi Apple tutgan yo`ldan bormoqda. Ma`lumki, bu kompaniya ham smartfonlari dizaynini yiliga ikki marta o`zgartiradi,har ikki yilda esa o`z  mahsulotlarini mukammallashtiradi.
Suratlarda gadjetning orqa tomoni ko`rinmagan. Balki, orqa tomonida sezilarli o`zgarishlar kuzatilar. Aytishlaricha, hech bo`lmaganda bitta 16 megapikselli kamera o`tmishda qoladi. Uning o`rniga esa 12 megapikselli, ammo Samsung`ning avvalgi avlodlari kameralaridan ham tez ishlaydigan kamera bilan ta`minlanadi.
Rasmda SIM-karta uchun mo`ljallangan joy ham ko`rinmagan. Taxmin qilinishicha, microSD xotirasi ichida joylashtirish imkoni ko`rib chiqilayotgani hisobiga mazkur joy ham kattaroq bo`lishi kutilmoqda. Shunigdek, Samsung Galaxy S7  suvdan yaxshi himoyalangan va kattaroq hajmdagi quvvatga ega bo`lishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1