Isroillik mutaxasislar shirinliklar go`zal qaddi-qomatning dushmani emasligini ta`kidlamoqda, deb xabar beradi "Day.ru"
Biz, ayollar ko`pincha tarozidagi ortiqcha vazn haqidagi ma`lumotni ko`rib, o`tgan kuni shirinlik eganimiz uchun o`zimizni koyiymiz. Ammo, bu noto`g`ri ekan!
Isroilning Veysman instituti mutaxasislari shirinliklar ortiqcha vazn to`plashdagi asosiy omil emas, degan fikrni ilgari surmoqda.
Ular bir necha marta o`tkazgan tadqiqotlari natijasida shu fikrga keldi: Har bir organizmning oziq-ovqat mahsulotlarini o`zlashtirish jarayoni turlicha. Aynan mazkur omil tana vaznining ortishi yoki kamayishiga ta`sir o`tkazadi.
Isroillik olimlar o`tkazgan tadqiqotda 800 nafar ko`ngilli ayollar ishtirok etdi. Ularning barchasi turli vaqtda bir xil miqdordagi va bir xil tarkibdagi emakni iste`mol qildi. Shundan so`ng olimlar qondagi qand miqdorini aniqladi.
Tadqiqot natijasi shuni ko`rsatdiki, ayrim ayollarning qonidagi qand miqdori tort,muzqaymoq va boshqa konditer mahsulotlarini iste`mol qilganidan so`ng ham normadan oshmagan.





