AsosiyShou-biznes

Tamila haqoratlar sabab Instagram`dagi sahifasini o`chirib tashladi

Instagram ijtimoiy tarmog`i orqali Tamilani kuzatib borayotgan 114 mingdan ortiq foydalanuvchilarning aksariyati xonandaga haqoratli so`zlar bilan murojaat qilib, uni hayosizlikda aybladi, deb yozadi “Qalampir.uz”.

Nashrda keltirishicha, qo`l telefonlari, Telegram va Whatsapp kabi messenjerlarda xonanda Tamilaning behayo videosi tarqalishi o`tgan haftaning eng shov-shuvli voqealaridan biri bo`ldi.

Shu voqeadan so`ng uning prordyuseri Najot Agzamov xonanda bilan shartnomasini yakunlaganini aytdi.

Tamilaning hamkasbi xonanda Lola Instagram orqali Tamilaning videosini tarqatganlarga o`z munosabatini bildirgan edi.

“Xonanda Instagram’dagi Tamilaofficial nomi bilan ro`yxatga olingan shaxsiy sahifasidagi barcha suratlarini o`chirib yuborgan va sahifa nomini Kassauz deb o`zgartirib qo`ygan. Tamila ayni damda Toshkentdan Qozog`istonga ko`chib o`tgan”, — deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar