Xonanda Munisa Rizaeva turmushga chiqmoqda. Bu haqda xonandaning o`zi Instagram sahifasida muxlislari bilan bo`lgan jonli savol-javob efiri chog`ida ma`lum qildi.
Xonanadaga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bir qancha savollar berilgan. Xususan, "Qachon turmushga chiqasiz?" degan savolga "Yaqinda turmushga chiqaman, to`y boshlab yubordik. Yanvar yoki fevral oylarida to`yim bo`ladi" deya javob bergan u.
"Turmush o`rtog`ingiz kim? San`at sohasidanmi?" degan savolga "Turmush o`rtog`im oddiy odam, yaxshi inson. Eng muhim mani san`atimga, qo`shiq aytishimga qarshilik bildirmaydilar" deya javob berilgan.
Shuningdek, xonandaning bo`lajak turmush o`rtog`i kim ekaniga judayam qiziqqan muxlislar "Uning ismi nima? U necha yoshda?" deya savol qoldirgan. Munisa esa "Hozircha uning ismini ayta olmayman. Kuyovbolaning yoshi mеndan kichik" deya qisqa javob qilgan.
Suhbat orasida Munisa Rizaeva ayni paytda o`zining 34 yoshda ekanini ham aytib o`tgan.