AsosiySiyosat

Ikki nafar Hukumat a`zosining nomzodi ko`rib chiqildi va ma`qullandi

'Ikki nafar Hukumat a`zosining nomzodi ko`rib chiqildi va ma`qullandi'ning rasmi

Ma`lumki, amaldagi qonun hujjatlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi a`zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko`rib chiqiladi.

Bugun, 2021 yil 14 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda deputatlar Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqulov nomzodini ko`rib chiqdilar va ma`qulladilar. Bu haqda Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabar qildi. 

Shundan so`ng deputatlar Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri lavozimiga  Sherzod Hidoyatov nomzodini ko`rib chiqdilar va ma`qulladilar.

 

    Boshqa yangiliklar