Har bir ayolning eng katta orzusi bu-o`zini hech qanday ovqatlardan tiymasdan sarviqomat bo`lib qolish. Agarda quyidagi maslahatlarimizga amal qilsangiz, siz ham buning uddasidan chiqishingiz mumkin.
1.To`g`ri tanlangan likobcha
Tinib tinchimagan olimlarning fikriga ko`ra, likopcha taom rangi bilan bir xil bo`lsa, (Masalan, guruch oq likopchada bo`lsa) biz me`yordan 18 foiz ko`proq ovqat iste`mol qilar ekanmiz. agar ozishni istasangiz qizil likopchaga ovqat suzib eng. bu rang bizning miyamizga “to`xta” ishorasini beradi. shuningdek, likopchaning kichikrog`ini tanlasangiz ham ayni muddao. o`z-o`zidan kamroq taom iste`mol qila boshlaysiz.
2.To`rtga bo`lamiz.
Siz parhezdasiz. ammo ba`zan juda shirinliklar egingiz kelib qoladi. nima qilish kerak? bir bo`lak tortni olib, uni to`rtga bo`ling. uch bo`lak tortni maydalab chaynab eng.
To`rtinchi bo`lagini esa kimgadir bering yoki muzlatgichga solib qo`ying.
3.Och qoldingizmi yoki chanqadingizmi?
Aksariyat hollarda ko`pchilik chanqoq hissini ochlik hissi bilan adashtiradi. Ayniqsa bu ovqatlanishlar oralig`ida yuz bersa. Agar qorningiz ochganini his qilsangiz, bir stakan suv iching. Bir muddatdan so`ng o`zingizni tekshiring: Rostan qorningiz ochdimikin?
4. “15 daqiqa” qoidasi
Nonushta va tushlik oralig`ida nimadir eyish istagi tug`ilsa, biron narsa eyishdan oldin 15 daqiqa kuting. aksariyat hollarda bu istak o`tib ketishi uchun 15 daqiqadan ham kamroq vaqt talab etiladi.
5.Chap qo`l bilan ovqatlaning
Biz musulmonlarga bu maslahat unchalik to`g`ri kelmasa-da, bu tavsiya isbotlangan haqiqat. Chap qo`lda ovqat eyish noqulay bo`lgani uchunmi bu usul ozishga yordam berar ekan.
6.Suratga tushing
Taqiqlangan shirinlikni eyish haqida kuchli istak paydo bo`lsa, o`zingizni chalg`itish maqsadida suratga tushing. bu juda oson. smartfoningizni qo`lingizga oling va selfi suratga tushib, go`zallikdan bahra oling!
7. Tanlovingiz cheklangan bo`lsin!
Qaddi-qomatingiz go`zalligiga zarar etkazishi mumkin bo`lgan mahsulotlarni rasioningizdan chiqarib tashlang. Yog`li, qovurilgan, sho`r, achchiq taomlar, shirinliklar, gazlangan ichimliklar shular jumlasidan.
8. Qoshiq va sanchqini chetga olib qo`ying!
Ozishga astoydil kirishgan bo`lsangiz, ovqatni me`yordan ortiq eb yubormaslik uchun har bir taom iste`molidan so`ng sanchqi yoki qoshiqni chetga surib qo`ying. shunday qilib, siz 20 daqiqa ichida to`qlik hissini tuyasiz.
9. Televizor ko`rib ovqatlanmang!
Ovqatlanayotgan paytingizda televizor yoki smartfon sizga hamrohlik qilsa, bu odatingizdan darhol voz keching. olimlarning fikriga ko`ra, televizor yoki turli gadjetlarga qarab ovqatlanganimizda, biz me`yordan ortiq taom eb yuborar ekanmiz.
10. Mevalar iste`mol qiling!
Stolingiz ustida meva solinadigan idish har doim to`la bo`lsin. olma, apelsin, uzum kabi mevalar nafaqat dasturxoningiz ko`rki, balki sarviqomatligingiz garovidir.
11. Mayda chaynashga odatlaning
Xitoy olimlari o`tkazgan tadqiqotlar natijasida ma`lum bo`ldiki, ovqatni maydalab chaynab eyish, organizm uchun foydali ekan. hattoki yuqori kaloriyali taomlarni ham 15 marta chaynab eyish o`rniga 40 marta chaynab eyilsa, bu semirib ketmasligimizga sabab bo`lar ekan.
12. Oz-ozdan tez-tez eng!
Tushlikni o`ta och holda boshlamang. bunda me`yordan ko`proq taom iste`mol qilib yuborishingiz mumkin. Ovqatdan yarim soat oldin bir-ikki stakan suv iching. yana bir variant ovqatlanishni S vitaminiga boy meva-sabzavotlar, masalan, kivi, karam kakilardan boshlang.
13. Uch karra ta`sir
Restoranga borganingizda faqatgina uch narsa buyurtma qiling. Masalan, birinchi ovqat, engilroq salat va ichimlik.
14. Omega-3 bilan do`st tutining!
Har kuni kunlik rasioningizga albatta Omega-3 moddasiga boy mahsulotlarni kiriting. Bu modda yong`oq va baliq mahsulotlarida ko`p.
15. Yod i xrom esingizdan chiqmasin!
Organizmda to`plangan ortiqcha yog`larni eritishda yod katta yordam ko`rsatadi. Bu modda mana shu yumushni engillashtiruvchi gormonlar ishlab chiqaradi. Ismaloq, sabzi, brokkoli va pishloqni ko`proq iste`mol qiling.