Qirg`izistondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida qatnashuvchilar 39,75 foizni tashkil etdi. Bu haqda 100 foiz byulletenlarni qayta ishlash natijalari bo`yicha respublika Markaziy saylov komissiyasi veb-saytida xabar berilgan.
Ovoz berishda jami 3,563,574 saylovchi ishtirok etdi. MSK ma`lumotlariga ko`ra, mamlakatning sobiq bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov 79,23% ovoz to`plagan. Buning uchun 1 110 412 kishi ovoz bergan.
Eslatib o`tamiz, avvalgi davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov 2020 yil oktyabr oyida bo`lib o`tgan ommaviy noroziliklar fonida iste`foga chiqqandi.
Mavzuga doir:
Qirg`izistonning barcha prezidentlari bir xil yoshda iste`foga chiqishgan






