AsosiySport

Ayollar futboli bo`yicha yangi tartib joriy qilindi

'Ayollar futboli bo`yicha yangi tartib joriy qilindi'ning rasmi

Ayrim futbolchi va mutaxassislar kelishilgan o`yinlarda qatnashganligi, totalizatorlik faoliyati bilan shug`ullangan shahslarga yordam berganligi uchun 1 yildan 5 yilgacha bo`lgan muddatlarga futbol bilan bog`liq har qanday faoliyatdan chetlatildi.Bu huaqda O`FA Etika qo`mitasining yig`ilishida aytildi.

O`zbekiston futbol assosiasiyasi Futbol faoliyatini nazorat qilish bo`yicha maxsus inspeksiyasi tomonidan 2020 yil 5 oktyabrda kelishilgan o`yinlarda qatnashish, totalizatorlik faoliyati bilan shug`ullanish bo`yicha ayollar futbol klublari vakillari bilan profilaktik suhbat o`tkazilganligiga qaramasdan ayollar futbolida ushbu faoliyat bilan shug`ullangan shahslar aniqlandi.

Futbol sohasida faoliyat yuritgan sobiq mutaxassislar hamda ushbu sohaga aloqador bo`lmagan shahslar tomonidan “Guli” (Navoiy), “Navbahor” (Namangan), “Metallurg” (Bekobod) va “Bunyodkor” (Toshkent) ayollar klubi vakillarining ko`rsatmalariga asosan ularga haq evaziga kelishilgan o`yinlarda qatnashish va totalizatorlik faoliyati bilan shug`ullanish bo`yicha taklif bilan chiqilganligi ma`lum bo`ldi.

Aniqlangan holatlar bo`yicha O`FA maxsus inspeksiyasi tomonidan tegishli ma`lumotlar to`planib, O`FA Etika qo`mitasiga ko`rib chiqish va qaror qabul qilish uchun topshirildi.

Boshqa yangiliklar