Bugun, 19 yanvar kuni taxminan soat 9.15 larda Chilonzor tumani Baynalminal ko`chasida fuqaroning o`limiga sabab bo`lgan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, 36 yoshli Adil X. "Midibus SAZ/NP-37" (davlat raqami 01 V 829 VA) rusumli mikroavtobusni boshqarib ketayotganida tartibga solinmagan piyodalar o`tish yo`lagidan o`tayotgan 57 yoshli Mastura T.ni urib yuborgan.
Natijada tan jarohatlari olgan piyoda hodisa joyida vafot etgan.
Hozirda YTH sabablari aniqlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.







