1

Evropada bemorlarni televizor orqali davolash yo`lga qo`yiladi

Hi-tech 05.02.2016, 12:54
Evropada bemorlarni televizor orqali davolash yo`lga qo`yiladi

Og`ir kasallikka chalingan bemorning vrach qabuliga kelish imkoni mavjud bo`lmasa, vrachga yangi texnologiyalar yordamga keladi. Teletibbiyot tibbiy xizmat ko`rsatishning samaradorligini oshiradi.

Tekshiruv o`ziga xos tibbiy – elektrokardiogramma, rentgen, qondagi qand miqdorini aniqlovchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan alohida xonada amalga oshiriladi.

Vrach Vensan Xillentayerning izoh berishicha, “ Xonada tana og`irligini o`lchovchi tarozi, bo`y o`lchash moslamasi ham mavjud. Elektrokardiograf yordamida yurak, shu bilan birga ko`rish va eshitish a`zolarining faoliyati haqida ham ma`lumot olish mumkin. Vrach zudlik bilan bemor haqida kompyuterda qayta ishlangan ma`lumotlarni qabul qilib olishi mumkin. Bu ma`lumotlar asosida u qabul qilgan bemori haqida tasavvurga ega bo`ladi”.

Teletibbiyot imkoniyatlaridan unumli foydalangan fransiyalik terapevt Jak de Palu uning natijasidan juda ham xursand:

“Bunday uzoq masofadan turib qabul qilish, bemorga ancha engillik tug`diradi. Tekshiruv natijalaridan kelib chiqib, unga kerakli tavsiyalarni beraman. Bu yangilikni tibbiyotni rivojlantirishdagi asosiy va muhim qadamlardan biri deb hisoblash mumkin ”.
Bemorlarga yordam ko`rsatishning bu turi besh yil ilgari 4,4 milliard evro deb baholangan edi, uch yildan keyin bu narx uch barobar oshishi ehtimoli mavjud, degan taxminlar mavjud.

 Manba: Evronews

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1