1

Apple patent huquqini buzgani uchun 625 million dollar jarima to`laydi

Hi-tech 05.02.2016, 13:13
Apple patent huquqini buzgani uchun 625 million dollar jarima to`laydi

AQSh Texas shtati federal okrug sudining ma`lumotiga ko`ra, Apple`ning bir qancha dasturlari, qisman FaceTime, iMessag va “Buyurtmaga asosan VPN ” servisi, VirnetX xolding kompaniyasining intelektual egalik huquqi tartibini buzgan, kompensasiya miqdori esa 625 million dollarni tashkil qiladi, deya xabar beradi “Lenta.ru”.

Sud qaroriga ko`ra,  Apple “Buyurtmaga asosan VPN ” servisining faqatgina iOS  mobil operasiyasi tizimi foydalanuvchilariga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni shifrlovchi texnologiyasidan foydalangani uchun 335 million dollar jarima to`lashi lozim. Qolgan  290 million dollarni Apple VirnetX ning patentlangan texnologiyasi ma`lumotlarini himoya qilish uchun yaratilgan FaceTime versiyasi uchun to`laydi.

Sud ilk marotaba Applening aybini 2012 yilda fosh etgan edi. O`shanda kompaniya VirnetX xolding kompaniyasiga 368 million dollar jarima to`lashi lozim bo`lgan. Ammo bu masala apellyasiyaga qo`yilgani bois, jarima to`lash orqaga surilgan.

Bu VirnetX xolding kompaniyasining sud ishlarida axborot texnologiyalarining buyuk namoyandalari ustidan qozongan birinchi g`alabasi emas. Kompaniya Microsoft kompaniyasini  Skype dasturi yuzasidan ikki marta – 2010 va 2014 yillarda sudga berib, 223 million dollar jarima undirgan.

 

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1