AsosiySUG'DIYONA

Italiyalik ayol uy tutishni bilmagani uchun 6 yilga qamalishi mumkin

Italiya g`arbidagi Lasio shahrida yashovchi erkak o`z rafiqasini mazali ovqat tayyorlay olmaslik va uyni saranjom tuta olmaslikda ayblab, sudga berdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.  

Ayolni oilasiga nisbatan shafqatsizlikda ayblashmoqda. Ismi oshkor etilmayotgan 40 yoshli italiyalik ayol olti yilgacha bo`lgan muddatga qamalishi mumkin. Uning 47 yoshli turmush o`rtog`i ayolining yaxshi beka emasligidan ikki yildan beri aziyat chekayotganini ma`lum qilgan.

Ayolning turmush o`rtog`i, shuningdek, sotib olib kelayotgan mahsulotlari ayolining e`tiborsizligi oqibatida aynib qolayotganini ham qo`shimcha qilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar