AsosiySUG'DIYONA

Irina Sheyk va Bredli Kuper to`yga tayyorlanmoqda

Juftlik kelajakda turmush qurish borasida turli rejalar tuzmoqda.

Britaniyaning sariq matbuoti Amerikaning eng go`zal juftligi Bredli Kuper va Irina Sheykning ajrashayotgani haqida shoshilinch xabar tarqatganidan dog`da qoldi. Bu sevgi tarixi baxtli yakun topadigan ko`rinadi, sevishganlar to`y qilishni rejalashtirdi.

Aktyor va top-modelning ajrashganligi to`g`risida xabar tarqaganidan so`ng, paparassilar ularni Manxettendagi Il Buco restoranida birga romantik kechki ovqat ustida uchratdi. Ular his-tuyg`ularini qanchalik yashirishga urinmasin, harakatlaridan hali ham oralarida mehr-muhabbat so`nmaganligi sezilib turgan. Juftlik to`yni kuzda o`tkazishni rejalashtirmoqda.

Irina Kuperning onasi bilan til topisha olmagani haqidagi habar ham o`z tasdig`ini topmadi. Supermodel aktyorning onasi bilan yaxshi munosabatda, ular yaqinda birgalikda dam olishni rejalashtirgan. Irinaning farzand ko`rish istagi ham bor.

    Boshqa yangiliklar