1

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n ikkinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi

Siyosat 05.02.2021, 10:27
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n ikkinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi

Bugun, 5 fevral kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n ikkinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda senatorlar, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a`zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o`tkazilayotgan yalpi majlisni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda ko`rib chiqiladigan masalalarni Senatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda “Uzreport” telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1