AsosiyMadaniyat

Ozodbek Nazarbekov: "Farg`ona tong otguncha», "Tanovor", "Mustahzod"larni kuylaydigan yoshlar kerak

'Ozodbek Nazarbekov: "Farg`ona tong otguncha», "Tanovor", "Mustahzod"larni kuylaydigan yoshlar kerak'ning rasmi

Farg`onada tashkil etilgan maqom maktabi milliy qadriyatlarimizga hamohang ushbu san`at turini izchil davom ettiruvchi yangi avlodni tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bu yil umumta`lim maktablarining 5,6-sinflarini tamomlagan o`g`il-qizlar maqom xonandaligi va sozandaligi yo`nalishlariga tanlov asosida o`qishga qabul qilindi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o`z sahifasida gapirdi

“O`zbekiston bulbuli Tavakkal Qodirov, Rasul qori Mamadaliev, Murodjon Ahmedov kabi buyuk ustozlarimiz betakror qo`shiqlari bilan Farg`ona maqom maktabi an`analarini zamonaviy mezonlar asosida rivojlanishiga katta hissa qo`shgan edilar.

Ixtisoslashgan maqom maktabining yangi o`quv binosi, oshxona va 150 o`rinli yotoqxona qurilishi davom etayotgan san`at koshonasida «O`zbek milliy maqom san`ati markazi» hamda maqom ansambli tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Farg`onaga safarimiz davomida mazkur muassasa uchun yaratilgan shart sharoitlar, binoning qurilishidagi muammolar va kamchiliklarni mas`ullar bilan muhokama qildik.

Maqom maktabida tahsil olayotgan o`quvchilar uchun barcha sharoitlarni muhayyo etish lozimligini ta`kidlab, bu dargoh hali ko`plab "Farg`ona tong otguncha», "Tanovor", "Mustahzod"larni kuylaydigan iqtidorli yoshlarni tarbiyalashiga umid bildirdik”,–deydi Madaniyat vaziri.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar