AsosiySport

Eldor Shomurodov jarohat olgani sabab "Napoli"ga qarshi o`yinni o`tkazib yubordi

'Eldor Shomurodov jarohat olgani sabab "Napoli"ga qarshi o`yinni o`tkazib yubordi'ning rasmi

Eldor Shomurodovning Italiya A Seriyasi 21-turi doirasidagi «Jenoa» - «Napoli» (2:1) bahsida maydonga tushmagani sababi ma`lum bo`ldi.

Klub bosh murabbiyi Davide Ballardinining «Napoli»ga qarshi o`yindan keyin ma`lum qilishicha, o`zbekistonlik forvard mashg`ulotlarda oyog`idan kichik jarohat olgani sababli «Napoli»ga qarshi o`yinda maydonga tushirilmagan. Eldorning oyoq mushaklari cho`zilib shikastlangani bois u o`yinga tayyorlanishga ulgurmagan. Fantacalcio.it saytining yozishicha, Shomurodov navbatdagi tur bahsiga qadar safga qaytishi kutilmoqda. 

«Jenoa» jamoasi tarkibda Shomurodov yo`qligiga qaramay, uning o`rniga asosiy tarkibga tushgan Goran Pandevning dubli evaziga «Napoli»ni mag`lub etib, A Seriyadagi so`nggi 5 o`yinda 4ta g`alaba va bitta durang qayd etgan holda 24 ochko bilan 12-pog`onaga ko`tarilib oldi. 

Ma`lumot uchun, «Jenoa» navbatdagi bahsda Turinda «Torino» mehmoni bo`ladi. O`yin 13 fevral kuni o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar