7 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda maktab o`quvchilari tomonidan nojo`ya so`zlar aytib, kitobni otganligi aks etgan videotasvir tarqaldi.
Xalq ta`limi vazirining nazorat-huquqiy xizmati tomonidan mazkur holat o`rganildi, deya xabar bermoqda XTV Matbuot xizmati.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu xatti-harakatlar Samarqand viloyati, Narpay tumanidagi 17-maktabning 11-"A" sinfi o`quvchilari tomonidan suratga olingan.
Holat Samarqand viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi, tuman hokimligi, voyaga etmaganlar bo`yicha idoralararo komissiyasi, IIB hamda o`quvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilindi.
Ota-onalar farzand tarbiyasiga e`tiborsizligi, ularning qilgan ahloqsizligi uchun barchadan uzr so`radi.
Ota-onalarga O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 47-moddasiga ko`ra qonunda belgilangan tartibda chora ko`rildi, o`quvchilar profilaktik hisobga olindi.






