1

O`zbekiston va Qirg`iziston Parlamentlari o`rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

Siyosat 10.02.2021, 19:01
O`zbekiston va Qirg`iziston Parlamentlari o`rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

2021 yil 10 fevral kuni mamlakatimiz parlamenti palatalari a`zolarining Qirg`iziston Respublikasi Jogorku Keneshi deputatlari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Parlamentlararo o`zaro hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi do`stlikning bog`lovchi bo`g`ini hisoblanishi ta`kidlandi.

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat parlamentlari faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar, huquqiy mexanizmlarni qo`llash, xususan ularni aliment to`lash majburiyatlarini bajarish, aliment undirish va boshqa masalalar bilan bog`liq sudda ishlarni ko`rib chiqish jarayonida qo`llash yuzasidan fikr almashdi.

 Qirg`iziston Respublikasi Jogorku Keneshi Huquqiy tartibot, jinoyatchilikka va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi Natalya Nikitenko O`zbekistonda siyosat, qonunchilikni takomillashtirish, sud sohasida olib borilayotgan islohotlarni qayd etdi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi o`rinbosari Shuhrat Cho`lliev mamlakatimizda sud ishlarini yuritish, huquqni qo`llash amaliyoti to`g`risida batafsil ma`lumot berdi.

Shuningdek, ishtirokchilar gender tenglikni ta`minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo`llab-quvvatlash va boshqa masalalarni ko`rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunlari bo`yicha tomonlar ikki mamlakat parlamentlari o`rtasida muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1