1

El sevgan shoir Muhammad Yusuf haqida film suratga olinmoqda

Madaniyat 11.02.2021, 14:39
El sevgan shoir Muhammad Yusuf haqida film suratga olinmoqda

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK va O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda “Ijod studiyasi”  tomonidan “Muhammad Yusuf: Ulug`imsan Vatanim!” badiiy-publisistik hujjatli filmi suratga olinmoqda.  

Mazkur film O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag`ishlangan bo`lib, unda taniqli ijodkorlarning intervyulari va xotiranomalar o`rin olgan. Shuningdek, shoirning shartli obrazi orqali ijodiy kayfiyati, iztiroblari, yozish jarayonlari manzarasi yoritiladi. Muhammad Yusuf tug`ilib o`sgan qishloq, bolaligi, 1970-1990 yillardagi adiblar anjumanlari, gazeta va jurnallarda chop etilgan she`rlari, o`zining ishtirokidagi video xronikal tasvirlardan foydalaniladi.

Film ssenariy mualliflari Iqbol Mirzo, Doston Hojimatov, postanovkachi rejissyor Iqbol Meliqo`ziev, badiiy rahbar Ibrohim Yuldashev.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1